Hindistondan 3 kgdan ortiq oltinni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ushlandi

Olam

image

Hindistonda 3 kilogramm 208 grammdan ortiq oltinni noqonuniy yo‘llar bilan mamlakatdan olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda hind mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

“U oltinni trolleybusga yashirib qo‘yib, Chandigarxga qochib ketdi. Biz uni o‘sha yerda ushlab, Dehliga olib keldik”, deydi bojxona rasmiysi.

O‘zbekistonlik erkak bagaj aravachasi ichiga umumiy og‘irligi 3208 gramm bo‘lgan 15 dona tilla zanjir va 17 dona yarim shar shaklidagi tilla buyumlarni yashirgan.

Tekshiruvdan so‘ng ayblanuvchining shaxsi aniqlangan va u Chandigarxdan Dubayga qochishni rejalashtirgani ma’lum bo‘lgan. 

“Oltin Bojxona to‘g‘risidagi qonunning 110-moddasiga muvofiq olib qo‘yildi va ayblanuvchi 104-moddaga muvofiq hibsga olindi”, deydi rasmiy.


Maqola muallifi

Teglar

oltin o'zbekistonlik Hindiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing