Hindistondagi kuchli yomg‘ir oqibatida 30 dan ortiq odam halok bo‘ldi
Olam
−
12 avgust
1650Hindiston shimolida sodir bo‘lgan kuchli yomg‘ir oqibatida 30 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda “The Times of India” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 9-10 avgust kunlari Hindistonning to‘rtta shimoliy shtatlarida - Rajastan, Himachal-Pradesh, Uttar-Pradesh va Panjobda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilgan.
Kuchli yog‘ingarchilik 31 kishining hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lgan. Xususan, Panjob shtatida 12 kishidan iborat oila a’zolari mashinada to‘yga ketayotganda daryoga g‘arq bo‘lgan. To‘qqiz yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi. Bundan tashqari, Bharatpurda Banganga daryosi yaqinida suratga tushgan yetti nafar yigit suvga tushib, ostidagi yer qulaganidan keyin halok bo‘lgan. Yana uch kishi yomg‘ir hovuzida cho‘kib ketgan. Karauli hududida bir kishi va uning 10 yoshli o‘g‘lining ustiga qo‘shni binoning bir qismi qulab tushganda vafot etgan. Rajastan, Himachal-Pradesh, Uttar-Pradesh va Panjob shtatlarida sakkiz kishi bedarak yo‘qolgan.
Nashrga ko‘ra, so‘nggi haftalardagi kuchli yomg‘ir Hindistonning turli mintaqalaridagi binolar, yo‘llar va ko‘priklarning vayron bo‘lishi, shuningdek, katta suv toshqini, ko‘chkilar va vayron bo‘lishiga olib kelmoqda.
LiveBarchasi
26 noyabr