Hindistondagi aeroportda o‘zbekistonlik ayollar tilla zanjirlar bilan ushlandi (video)

Jamiyat

image

Hindistonning Dehli shahridagi Xalqaro aeroportda oltin kontrabandasi bilan shug‘ullangan sakkiz nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda “The Thaiger” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 15 iyul kuni bir guruh ayollar bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Ularning yuklari ko‘zdan kechirilganda, bagajning orqa paneliga mahkamlangan ichi bo‘sh metall qutiga yashirilgan umumiy og‘irligi 5,3 kilogramm bo‘lgan ellikta tilla zanjirlar topilgan. Operatsiya natijasida tilla zanjirlar musodara qilingan.

Bojxona boshqarmasining e’lon qilgan bayonotiga ko‘ra, qo‘lga olingan oltin zanjirlarning qiymati taxminan 2,92 million rupiya(taxminan 35 ming AQSH dollari)ni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston-Nepal chegarasining Bihar shtati hududidan noqonuniy tarzda o‘tayotgan paytda qo‘lga olingani uch nafar o‘zbekistonlik ayol diplomatik missiya ko‘magida O‘zbekistonga qaytarilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Dehli tilla zanjirlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing