Hindistonda jinoyatchilar va politsiya o‘rtasida halokatli jang bo‘ldi
Olam
−
03 iyul 2020
7229Bugun, 3 iyul kuni Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida jinoyatchilar to‘dasi bilan bo‘lgan shiddatli otishmada kamida sakkiz nafar politsiya xodimi o‘ldirildi va 12 kishi jarohatlandi. Bu haqda “The Times of India” nashri xabar bermoqda.
Nashr bergan ma’lumotlarga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari va jinoyatchilar o‘rtasidagi jang Kanpur okrugidagi qishloqda bo‘lgan. Jinoyatchilar to‘da boshlig‘ini hibsga olish uchun kelgan 40 nafar huquq-tartibot xodimlariga qarata o‘q uzishgan. Jinoyatchilarga qarshi 60 ta ish qo‘zg‘atildi.
Ta’kidlanishicha, Vikas Dubey ismli to‘da rahbari hibsga olinishi haqida ogohlantirilgan. Shundan so‘ng jinoyatchilar politsiyaning ichkariga o‘tmasligi uchun qishloqqa boradigan yo‘lni beton to‘siqlar bilan to‘sib qo‘ygan. Biroq huquq-tartibot idoralari xodimlari yo‘lni tozalashgan. Shundan so‘ng jinoyatchilar qo‘shni tomlardan turib ularga qarshi qattiq o‘t ochishgan.
Vafot etganlar orasida mahalliy politsiya boshlig‘ining o‘rinbosari, uch subinspektor va to‘rt nafar konstabellar bor. Davlat organlari jinoyatchilarni zudlik bilan zararsizlantirishni talab qilgan.
LiveBarchasi