Hindistonda yo‘lbars odamlarga tashlandi (video)

Olam

Hindistonning Maxarashtra shtatida yo‘lbars qishloq ichiga kirib bordi va odamlarga tashlandi. Guvohlardan biri tasvirga tushirgan video Newsflare saytida e’lon qilindi.

Yirtqichni qishloqda yurganini 25 yanvar kuni, mahalliy vaqt bilan 13:00 lar atrofida payqashgan. Shundan so‘ng odamlar yig‘ilib, uni haydab yubormoqchi bo‘lishadi. Yo‘lbars odamlarga tashlanadi va uch kishini yaralaydi. Shundan so‘ng noma’lum joyga yashirinadi.

Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan. O‘rmon tashkiloti xodimlari voqea joyiga yetib kelgan. Ularning yirtqichni ushlash uchun qilgan xatti-harakatlari zoye ketgan. Yo‘lbars qochib ketishga ulgurgan. Mahalliy aholining ta’kidlashicha, yo‘lbars odamlarga tashlanishidan oldin, qishloq atrofini sakkiz kun aylanib yurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

260

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing