Hindistonda o‘zbekistonlik mast ayol hukumat mashinasida YTHga uchradi (video)
Olam
−
07 fevral 2025 12625 2 daqiqa
Hindistonning Raypur shahrida mast holda avtomobil boshqargan, asli Toshkentda tug‘ilgan, lekin Rossiya fuqaroligini olgan ayol yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Hodisa oqibatida uch kishi og‘ir jarohat olgan. Bundan tashqari, ayol voqea joyiga kelgan politsiya xodimlari bilan janjallashgan. Bu haqda “One India” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, ayol mahalliy haydovchining tizzasida o‘tirgan holda mashina boshqargan. Haydovchi ham alkogol ta’sirida bo‘lgan. Ular hukumatga tegishli davlat raqami bilan harakatlangan Tata Indigo yengil avtomobilida ajratilgan yo‘lakda yurgan. Ularning mashinasi uch nafar yigit minib ketayotgan skuterga borib urilgan. To‘qnashuv juda kuchli bo‘lib, odamlar va skuter bir necha metr nariga tushgan.
Voqea joyiga politsiya yetib kelganida ayol huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan tajovuzkorlik qilgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda avtomobil haydovchisi va ayol qo‘lga olingan. Ularning harakatlariga huquqiy baho berish va hodisaning barcha tafsilotlarini o‘rganish uchun tergov olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vetnamning Phu Quok shahrida 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi skuterdan yiqilib, vafot etgan edi. U haydovchilik guvohnomasisiz skuter haydagan. Qiz boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘ldan harakatlanib kelayotgan avtobus g‘ildiraklari ostida qolib ketgan va olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Live
Barchasi