Hindistonda ulkan xarsangtosh bir nechta mashinani bosib ketdi (video)

Olam

image

Kecha, 4 iyul kuni Hindistonning Nagaland shtatida kuchli yomg‘ir paytida sodir bo‘lgan tosh ko‘chkisida katta tosh bir nechta mashinani bosib ketdi. Bu haqda “India Today” xabar berdi

Qayd etilishicha, shtatning Kohima-Dimapur milliy avtomagistralida ko‘chki oqibatida bir nechta toshlar uchta mashinaning ustiga qulagan. Hodisa oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, yana uch kishi kishi jarohatlangan. Jarohat olganlar hozirda Dimapurdagi shifoxonada davolanmoqda.

Voqea aks etgan videodan ko‘rish mumkinki, tog‘dan qulagan tosh birin-ketin ikkita avtomobilni ezib o‘tgan. Yana bir tosh boshqa mashinaga urilgan. Jabrlanganlar Kohimaga ketayotgan bo‘lgan. Baxtsiz hodisa ularning orqa tomonidagi mashina kamerasiga tushib qolgan. 

Politsiya voqeadan bir necha soat o‘tganidan so‘ng ham mashinada qolib ketgan bir nafar odamni qutqarish ishlarini olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston tosh ko'chkisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing