Hindistonda to‘rt polosali ko‘prik qulab tushdi (video)

Olam

image

Hindistonning Bixar shtatida Gang daryosi orqali o‘tuvchi qurilishi tugallanmagan transport ko‘prigining bir qismi suvga qulab tushdi. Bu haqda bugun, 5 iyun kuni “The Times of India” xabar berdi. 

Aytilishicha, mazkur halokat bu ko‘prik bilan birinchi marotaba bo‘layotgani yo‘q. O‘tgan yilning aprel oyida ham shu kabi hodisa sodir bo‘lgan.

Uzunligi 3,1 km ga teng ko‘prik qurilishi 2014 yilda boshlangan. U 2019 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan edi, ammo bu vaqt allaqachon to‘rt marta, oxirgi marta – 2020 yil martigacha qoldirilgan. Loyiha qiymati 17,1 milliard rupiy (207 million dollar) deb baholangan.

Manbaga ko‘ra, yangi qulash oqibatida bir nechta ustunlardan kamida 30 ta plastinka suvga tushib ketgan. O‘tgan safar favqulodda holatga kabelning zaiflashgani, shuningdek, qurilish vaqtida sifatsiz materiallar sabab bo‘lgani aytilgan edi. Taxminlarga ko‘ra, ikkinchi halokat ko‘prik qurilishini kamida bir necha yilga kechiktirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 iyun kuni Hindiston sharqidagi Odisha shtatida poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 300 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, 1100 dan ziyod odam jarohat olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston ko'prik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing