Hindistonda suv toshqinlari oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Hindistonda suv toshqinlari oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, 102 nafar shaxs bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Hindistonning “Press Trust of India” axborot agentligi xabar berdi.

Joriy yilning 4 oktyabr kuni kuchli yomg‘ir tufayli Tista daryosida suv sathi oshib ketgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bedarak yo‘qolganlar orasida Hindiston armiyasining 22 nafar askari bor. 

Sikkim shtati tabiiy ofatlarga qarshi kurash boshqarmasi Mangan, Gangtok, Pakeng va Namche shaharlari toshqindan jiddiy zarar ko‘rganini bildirgan.

Shtat hukumati tomonidan aytilgan joylarda jami 26 ta yordam lagerlari tashkil etilgan. Tabiiy ofat boshlanganidan buyon jami 2011 kishi qutqarilgan. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi shtat rasmiylarini markaziy hukumat mintaqaga barcha zarur yordamni ko‘rsatishiga ishontirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Liviyada epimarkazi Derna shahri bo‘lgan toshqin oqibatida 11 ming kishi halok bo‘lgandi, 20 mingga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston suv toshqinlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing