Hindistonda siyosatchi aka-ukalar jonli efir paytida otib o‘ldirildi (video)

Olam

image

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida mamlakat parlamentining sobiq deputati Atik Ahmad akasi bilan birga televideniyening jonli efiri vaqtida otib o‘ldirildi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

E’lon qilingan videodan ko‘rish mumkinki, Atik Ahmad jurnalistlar bilan suhbatlashish uchun to‘xtagan vaqtda otib tashlangan. Qurollangan shaxslar uning yonidagi akasini ham otib ketgan.

Mazkur hodisa hibsga olingan Ahmad sud qarori bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kuzatib borilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Unga nisbatan 100 dan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.

Politsiya xodimi Ramit Sharmaning aytishicha, uch nafar hujumchi o‘zini jurnalist sifatida ko‘rsatib, mototsiklda kelgan.

“Ular intervyu olish bahonasida Atik va uning akasiga yaqinlashishga muvaffaq bo‘ldi va ularga yaqin masofadan o‘q uzdi. Bularning barchasi bir necha soniya ichida sodir bo‘ldi”, deydi politsiya xodimi.

60 yoshli Atik Ahmad 2019 yilda odam o‘g‘irlashda aybdor deb topilgach, qamoqqa olingan. U 2004 yilda Hindiston parlamenti deputati etib saylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Hindiston Atik Ahmad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing