Hindistonda reklama taxtasi qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
14 may
2910Hindistonning Mumbay shahrida ulkan reklama taxtasi qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 60 ga yaqin kishi jarohatlandi. Bu haqda “India Tv” xabar berdi.
Kecha, 13 may kuni tushdan keyin kuchli yomg‘ir va chang bo‘roni oqibatida Ghatkopare tumanidagi reklama taxtasi qulab tushgan.
Kuchli shamol daraxtlarni qo‘porib, yo‘llarda tartibsizlik va elektr ta’minotida uzilishlar keltirib chiqargan.
Rasmiylarning bildirishicha, qutqaruv operatsiyasida politsiya, o‘t o‘chiruvchilar va tabiiy ofatga yordam berish guruhlari ishtirok etmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yiqilgan reklama taxtasi ostida yana 100 ga yaqin odam bo‘lishi mumkin.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan. Shahar ma’muriyati halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oilalariga 500 ming rupiy (taxminan 6 ming dollar) miqdorida moddiy yordam ko‘rsatishga va’da berdi.
LiveBarchasi