Hindistonda “omicron” shtammining yangi mutatsiyasi aniqlandi
Olam
−
07 aprel 2022
6287Hindistonda XE koronavirusining “omicron” shtammining yangi kichik turi bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. Bemor Mumbay shahrida aniqlangan. Bu haqda “Hindustan Times” xabar bergan.
“Yangi variant rekombinant shtammi bo‘lib, avval aniqlangan BA.1 va BA.2 “omicron” shtammlarining gibrididir”, deyiladi xabarda.
XE shtammi birinchi marta joriy yilning 19 yanvar kuni Buyuk Britaniyada aniqlangan. JSSTning ta’kidlashicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusning yangi varianti “hozirgacha aniqlanganlar ichida eng yuqumli” bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, hozirgacha ushbu kichik tur bilan “600 dan ortiq bo‘lmagan infeksiya” holati tasdiqlangan.
Alomatlari
Simptomlar ba’zilar uchun yengil, boshqalar uchun og‘ir bo‘lishi mumkin. E’tibor berish kerak bo‘lgan ba’zi alomatlarga isitma, tomoq og‘rig‘i, tomoqning qichishi, yo‘tal, terining rangi o‘zgarishi, oshqozon-ichak traktining buzilishi va boshqalar kiradi. Charchoq va bosh aylanishi dastlabki alomatlar hisoblanadi. Ammo hid va ta’mni yo‘qotish kabi koronavirusning eng ko‘p uchraydigan alomatlari yangi variant bilan kasallangan odamlarda kamdan-kam hollarda qayd etiladi.
LiveBarchasi