Firibgarlar “Oloviddinning sehrli chirog‘i”ni 40 000 dollarga pulladi
Olam
−
02 noyabr 2020
8796Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi Merat shahridan kelgan shifokor ikki firibgardan va’da qilganidek unga boylik va sog‘lik keltiradigan “Oloviddinning sehrli chirog‘i”ni sotib oldi. Erkak buning uchun firibgarlarga 3,1 million rupiya (41,5 ming dollardan ortiq) to‘lagan. Bu haqda BBC yozmoqda.
Jabrlanuvchi shifokorning aytishicha, u ikki erkak bilan tanishib qoladi. Ular undan onasi deb tanishtirgan ayolni davolab berishlariini so‘rashadi.
"Ular menga o‘z uylariga tashrif buyurgan ruh haqida gapira boshladilar. Miyamni shu darajada achitishdiki, alal-oqibat o‘sha ruh bilan uchrashishimni so‘rashdi", dedi hindistonlik politsiyaga bergan ma’lumotida.
Unning so‘zlariga ko‘ra, erkaklar sehrli seans o‘tkazishgan. Jarayon vaqtida “Oloviddin” paydo bo‘lgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, tajovuzkorlardan biri o‘zini ertak qahramoni sifatida namoyon etgan.
Shifokor “sehrli” chiroqni sotib olishga ishontirilgan. Buyum unga "boylik, omad va sog‘lik" olib kelishiga va’da berilgan. Dastlab, firibgarlar chiroqnining qiymatini 15 million hind rupiysiga (201 ming AQSH dollari) baholashgan, ammo keyinchalik 3,1 million badal puli olishga rozi bo‘lishgan.
Oradan ma’lum bir vaqt o‘tibgina, shifokor aldanganini tushinib yetgan.
Katta politsiya xodimi Meyerut Amit Ray OAVga aynan shu odamlar boshqa oilalarni aldashda gumon qilinayotganligini aytdi. "Ikki kishi hibsga olingan. Ayol esa qochib ketgan", dedi politsiyachi.
LiveBarchasi