Hindistonda namoyishga chiqqan 11 kishi issiq urishidan halok bo‘ldi

Olam

image

Hindistonda hukumat homiyligida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida qatnashish uchun chiqqan 11 kishi issiq urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi

Qayd etilishicha, Maxarashtra shtatida o‘tkazilgan ijtimoiy faol Dattatreya Narayan Dharmadxikarini taqdirlash marosimiga yuz minglab odam yig‘ilgan. Unda yuqori darajadagi siyosatchilar, jumladan, Hindiston Ichki ishlar vaziri Amit Shoh va shtatni boshqaruvchi “Bharatiya Janata Party” (BJP) rahbarlari ishtirok etgan. 

Marosimga kelganlardan 11 nafari 38 daraja issiqda hushidan ketib yiqilgan va halok bo‘lgan. Yana yuzlab odamlar suvsizlanish va qon bosimidan shikoyat qilgan. Ushbu voqeadan so‘ng ko‘plab faollar hukumatni beparvolikda ayblagan.

Mutaxassislarning ogohlantirishlariga qaramay, marosim Hindistonning eng issiq oylaridan biri bo‘lgan aprelda va yana kunning eng jazirama vaqti hisoblangan 11:00 va 16:00 oralig‘ida o‘tkazilgan. Ko‘plab siyosiy arboblar tadbir to‘g‘ri rejalashtirilmaganini aytib, hukumatni tergov o‘tkazishga chaqirgan. 

Maxarashtra bosh vaziri Eknat Shinde voqeani “kutilmagan va og‘riqli” deb atab, halok bo‘lganlarning oilalariga 6,1 ming dollardan berilishini e’lon qilgan. U, shuningdek, tadbir davomida tobi qochganlar bepul davolanishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing