Hindistonda muz ko‘chishi sabab 170 kishi bedarak yo‘qoldi

Olam

image

Hindistonning Uttarakxand shtatida muz ko‘chishi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi va 170 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Tabiiy ofatlar bo‘yicha davlat boshqarmasi ma’lum qildi.

“Uttarakxanddagi toshqindan keyin yetti kishi halok bo‘ldi, olti nafari jarohatlandi va 170 ga yaqini bedarak yo‘qoldi”, deyiladi xabarda.

Hindiston IIV ma’lumotiga ko‘ra, muz ko‘chishi Rishiganga daryosida suv sathining ko‘tarilishiga olib kelgan. Natijada 13,2 MVt quvvatli Rishiganga gidroelektrstansiyasi yuvilib ketgan. To‘satdan boshlangan toshqin boshqa bir gidroelektrstansiya loyihasiga zarar yetkazgan.

Uttarakxand hokimiyati toshqin sabab gidroelektrostansiyadan quyida daryo bo‘yicha joylashgan qishloqlar aholisini evakuatsiya qilgan hamda Shrinagar, Rishikesh va Xaridvar shaharlarida suv omborlarining suvi zudlik bilan chiqarib yuborilgan.

Trivendra shtati bosh vaziri Singx Ravatning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda yetti nafar qurbonning jasadi topilgan, 125 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanyapti, bu raqam o‘sishi mumkin. Qutqaruvchilar “Tapovan” GES qurilishida ishlagan 16 kishini qutqarib olishga erishgan. Ayni payda ishchilarni boshqa tunneldan olib chiqib ketish operatsiyasi davom etyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing