Hindistonda kuchli yomg‘ir tufayli mingdan ortiq qishloq suv ostida qoldi

Olam

image

Hindistonning shimoli-sharqiy hududida joylashgan 1300 dan ortiq qishloq kuchli yomg‘ir va suv toshqini oqibatida suv ostida qoldi. Bu haqda “Mir24” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Hindistonning shimoli-sharqidagi hududning 15 ming gektar xo‘jalik yeri kuchli yog‘ingarchilik tufayli suv ostida qolgan. Shuningdek, suv oqimi 10 ta to‘g‘onni yorib o‘tib, 1300 dan ortiq qishloqqa zarar keltirgan. Ko‘plab chorva mollari hamda parrandalar ham suv ostida qolib halok bo‘lgan.

Shuningdek, tabiiy ofat tufayli mazkur hududda deyarli yarim million kishi uyini tashlab ketgan. Mahalliy hukumat hozircha jabrlangan 11 hudud aholisiga vaqtinchalik turar-joy lagerlari va yordam tarqatish punktlarini tashkil qilgan.

Hindistonning bu hududida so‘nggi bir hafta ichida ikkinchi marotaba suv toshqini kuzatilmoqda. Kuchli yog‘ingarchilik mavsumi sentyabrgacha davom etishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston suv toshqini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing