Hindistonda Bobur haqida kino olindi
Madaniyat-san’at
−
25 iyul 2024 26830 1 daqiqa
Hindistonda Zahiriddin Muhammad Bobur haqida film suratga olindi. Bu haqda “Subhash Yadav” nashri xabar berdi.
Film “Bobur – Mo‘g‘ul imperatori” deb nomlanadi. Kartinada asosiy rollarni taniqli kinoyulduzlar Shohrux Xon, Ajay Devgan, Ayshvariya Ray, Navazuddin Siddiqiy va Randip Huda, Amitabh Bachchan, Farida Jalol, Kunal Kapur va Sonu Sud ijro etgan.
Film ssenariysi Boburning xotiralari asosida yaratilgan “Boburnoma” memuar asariga asoslangan.
Qayd etilishicha, filmni suratga olish ishlari 2022 yilda boshlangan va hozirda post-prodyuserlik bosqichida. Kartina “Yash Raj Films” homiyligi ostida ishlab chiqarilmoqda. Film rejissyori Nitish Tivar, prodyuseri esa Karan Johar hisoblanadi.
Kartinaning katta ekranlarga chiqish sanasi hozircha e’lon qilinmagan, biroq film 2024 yilda chiqishi haqida taxminlar mavjud.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025