Hindistonda avtobus daraga qulashi oqibatida 40 ga yaqin odam halok bo‘ldi

Olam

image

Hindiston shimolidagi Jammu tumanida yo‘lovchi avtobusi daraga qulashi oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi, yana 19 kishi jarohat olgan. Bu haqda “India Today” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, voqea bugun, 15 noyabr kuni Jammu va Kashmir hududlarini bog‘lovchi yo‘lda sodir bo‘lgan. Avtobus Kishtvar shahridan Jammu shahriga ketayotgan bo‘lgan. 

Huquq-tartibot idoralari xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, hodisa joyiga birinchi bo‘lib mahalliy aholi yetib kelgan va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatgan. Avtohalokat sabablari esa hozircha noma’lum.

Mamlakat Bosh vazir Narendra Modi hodisa yuzasidan hamdardlik bildirib, qurbonlarning oilalari uchun moliyaviy tovon puli to‘lab berilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning Mizoram shtati Aijal shahri yaqinida qurilayotgan ko‘prikning qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Hindiston avtobus Jammu dara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing