Hindistonda 4 qavatli uy qulab tushdi. 15 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Hindistonda qo‘lbola tarzda qurilgan to‘rt qavatli turarjoy majmuasi qulab tushishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda kecha, 28 avgust kuni PTI xabar berdi.

Hodisa  28 avgustga o‘tar kechasi taxminan soat 00:05 da Virar tumanida (Palgar okrugi, Maxarashtra shtati) sodir bo‘lgan. Qurilishiga ruxsat berilmagan, qariyb 50 ta kvartiraga mo‘ljallangan bino yonidagi bo‘sh ko‘p qavatli uy ustiga qulab tushgan.

Guvohlarning aytishicha, halok bo‘lganlarning aksariyati to‘rtinchi qavatda bir yoshli qizchaning tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan bazmda bo‘lgan. Ana shu paytda binoning bir tomoni qulab tushgan.

Palgar okrugi boshqarmasi rahbari Indu Rani Jaxar qurbonlar soni 15 kishiga yetganini tasdiqlagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, tabiiy ofatlarga qarshi milliy tezkor kuchlar boshqa qutqaruv xizmatlari bilan hamkorlikda vayronalarni tozalash ishlarini davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Astraxan shahrida ko‘p qavatli uyning kirish qismi qulab tushgandi. Hodisa oqibatida kamida uch kishi jarohatlangan. Binodan 22 kishi evakuatsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Palgar okrugi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing