Hindistonda 23 kishi dafn marosimi vaqtida halok bo‘ldi

Olam

image

Hindistonda krematoriya tomi dafn marosimiga kelgan odamlarning ustiga quladi. Bu haqda “The Times of India” xabar berdi.

Baxtsiz hodisa Hindiston shimolida Uttar-Pradesh shtatidagi Muradnagar shahrida yomg‘ir yog‘ayotganda yuz bergan. Odamlar ho‘l bo‘lmaslik uchun tom ostida to‘plangan. Ularning ko‘pchiligi o‘sha vaqtda dafn qilinayotgan erkakning qarindoshlari bo‘lgan.

Natijada vayronalar ostida 23 kishi halok bo‘lgan. 38 kishi vayronalar ostidan qutqarilgan. 15 kishi jarohatlangan.

Shtat asosiy vaziri Yogi Adityanatx vafot etgan har bir odamning qarindoshlariga 200 ming rupiy (2750 dollar atrofida) tulanishini ma’lum qilgan. U shuningdek, mahalliy hokimiyatga hodisa sabablarini o‘rganib, hisobot tayyorlashni buyurgan.

Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa sabab Hindiston Prezidenti Ram Natx Kovind va Bosh vazir Narendra Modi hamdardlik bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston

Baholaganlar

639

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing