Hindistonda 2,5 ming odam vaksina o‘rniga sho‘r suv bilan “emlandi” 

Olam

image

Hindiston hukumati keng miqyosdagi firibgarlik sxemasini fosh qildi. Oq xalat kiygan jinoyatchilar koronavirusga qarshi emlanishni istaganlardan foyda ko‘rish maqsadida ularga vaksina o‘rniga sho‘r suv yuborgan, deb xabar bermoqda SNN. 

Mumbay politsiya boshqarmasining yuqori martabali xodimining aytishicha, jinoyatchilar 12 ta pulli emlash kampaniyasini o‘tkazgan, shu vaqt ichida odamlarga fiziologik eritma yuborilgan. Taxminan 2,5 ming kishi koronavirusga qarshi “emlangan”, ular foydasiz protsedura uchun jami 28 ming dollar to‘lagan. 

Qayd etilishicha, firibgarlikni tibbiyot mutaxassislari uyushtirgan. Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, ular o‘zlarining xizmat lavozimlaridan foydalangan holda, soxta sertifikatlar, flakonlar va shpritslar ishlab chiqargan. 

Hozirda jinoyat ishida 14 kishi ishtirok etmoqda. Biroq tergov davom etayotgani sababli ayblanuvchilar soni ko‘payishi ehtimoldan holi emas. Firibgarlar qurbonlari emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar soxta ekanidan shubhalangan. Shundan so‘ng, ular politsiyaga murojaat qilishgan. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning bahorida Hindiston koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi edi. Shundan so‘ng, hukumat katta emlash dasturini boshlagan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Hindistonda 62 milliondan ortiq odam — aholining taxminan 4,5 foizi koronavirusga qarshi emlangan. 

Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 30,6 mlnni tashkil qilmoqda. 403 mingdan ko‘p bemor kasallikdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston vaktsina

Baholaganlar

486

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing