Hindistonda 15 kishi noma’lum kasallikdan vafot etdi
Olam
−
11 Sentabr
2393Hindiston g‘arbida 15 kishi noma’lum kasallik oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Hindustan Times” xabar berdi.
“Gujarat shtatining Kach tumanidagi Lakxpat shahrida sirli isitmadan vafot etganlar soni sakkiz kun ichida 15 kishiga yetdi, rasmiylar kasallik sababini hali aniqlay olmadi”, deyiladi xabarda.
Nashrning yozishicha, 3-10 sentyabr oralig‘ida kamida o‘n kishi, jumladan, bolalar noma’lum kasallik oqibatida vafot etgan. Keyinroq esa, kamida yana besh kishining o‘limi tasdiqlangan. Mahalliy hukumat vakillari tahlillar hozircha H1N1 grippi virusi, cho‘chqa grippi, Qrim-Kongo gemorragik isitmasi, bezgak va dangga isitmasi ehtimoli istisnosini ma’lum qildi. Shuningdek, noma’lum isitma yuqumli kasallik emasligi qayd etildi.
Rasmiylarga ko‘ra, kasallikdan vafot etganlardan olingan 11 ta namuna tahlil uchun Maxarashtra shtatining Puna shahridagi Milliy virusologiya institutiga yuborilgan va natijalar bir-ikki kun ichida chiqishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning ikki shtatida aholi sharqiy ot ensefaliti tarqalishi sababli kechki payt uylarini tark etmaslikka chaqirilgan edi.
LiveBarchasi