Hindistonda 10 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq yonib ketdi

Olam

image

Bugun, 9 yanvar kuni Hindistonning Bxandara shahridagi kasalxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Buning oqibatida kamida 10 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq halok bo‘ldi. Bu haqda "Hindustan Times" gazetasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 9 yanvarga o‘tar kesachi chaqaloqlar yotgan palataga kirgan hamshira tutunni ko‘rgan. Shundan so‘ng u, darhol shifoxona ma’muriyatiga bu to‘g‘risida xabar bergan.   

Manbaga ko‘ra, yong‘in chiqqan palatada 17 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq bo‘lgan. Ulardan faqat yetti nafari omon qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Hindiston shifoxona

Baholaganlar

365

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing