Hindiston virusga qarshi dorilar eksportini zudlik bilan to‘xtatdi

Olam

image

Bugun, 3 mart kuni Hindiston hukumati 26 turdagi dori vositasi, shu jumladan, yallig‘lanish va virusga qarshi dorilarni eksport qilishni zudlik bilan to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat tashqi savdo departamentining veb-saytida ma’lum qilingan.

"Faol farmatsevtika moddalari va ulardan tayyorlangan preparatlar eksporti darhol cheklanadi", deyiladi xorijga sotish taqiqlangan dori vositalari ro‘yxati keltirilgan hujjatda.

Eksportni cheklash to‘g‘risida qaror Dehli va Telangana shtatida kamida ikkita yangi koronavirus holati aniqlanganidan so‘ng, 2 mart kuni Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilindi. Avvalroq, mamlakatda koronavirusga chalingan uch bemor shifo topgani, ayni damda 5 nafari davolanayotgani haqida ma’lum qilingan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 92 138 nafarga yetdi. Ushbu kasallikdan 3136 kishi vafot etdi. 48 316 bemor shifo topgan.

Koronavirus eng ko‘p tarqalgan davlatlar: Xitoy (80151 bemor – 2945 nafar vafot etgan), Janubiy Koreya (5186 – 34), Italiya (2036 – 52), Eron (2336 – 77), Italiya (2036 – 52), Yaponiya (274 – 6), Fransiya (191 – 6), Germaniya (165 – 0), Ispaniya (120 – 0), Singapur (108 – 0), AQSH (103 – 6), Gonkong (100 – 2).


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston koronavirus

Baholaganlar

429

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing