Hindiston va Kanada orasidagi ziddiyat jiddiylashyapti
Olam
−
21 Sentabr 2023
12649Hindiston Kanada fuqarolari uchun vizalar berishni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Kanadaning viza markazlari bilan shug‘ullanuvchi BLS International Services kompaniyasi saytida ma’lum qilindi.
Bu qaror Kanadada Xaliston ozodlik kuchlari yetakchisi Hardip Singx Nijjar o‘ldirilganidan keyin ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan bir paytda qabul qilindi.
“Vizalar berish 2023 yil 21 sentyabrdan boshlab keyingi xabarnomaga qadar to‘xtatiladi”, deyiladi bayonotda.
Hindiston rasmiy vakili mahalliy OAVga bergan intervyusida ma’lumotni tasdiqladi. Biroq Nyu-Dehli bu qadam haqida izoh bermadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo Hindiston razvedka xizmatlari Kanada sikxlari jamiyati yetakchisi Hardip Singh Nijjarning shov-shuvli o‘ldirilishida ishtirok etganini aytgandi. Bu jiddiy ayblov sanaladi. Shuning uchun ham ikki davlat orasidagi aloqalar yomonlashib, hukumatlar mamlakatlari hududidagi bir-birining diplomatlarini quvib yubordi.
LiveBarchasi