Hindiston o‘z vaksinasini O‘zbekistonga taklif qildi

Salomatlik

image

Kecha, 7 dekabr kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabxat bilan uchrashdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manish Prabxatning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda Hindiston koronavirusga qarshi 3 ta vaksina yaratish ustida ish olib bormoqda, ulardan 2 tasi ikkinchi, bittasi esa uchinchi bosqich sinov jarayonida. Elchi kelajakda O‘zbekiston aholisi uchun ham ushbu hind vaksinalari foydali bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan 150 dan ortiq shifoxonadan ayni paytda 40 ga yaqini faoliyati ko‘rsatayotgani, qolganlari zarurat tug‘ilganda yana koronavirus bilan kasallangan bemorlarni qabul qilishlari uchun saqlab qolingan.

Uchrashuvda tomonlar kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilib olishgan. Jumladan, mavjud investitsiya loyihalarini rivojlantirish va O‘zbekistonga yangi investorlarni jalb qilish, qo‘shma farmatsevtika ishlab chiqarish ob’ektlarini tashkil etish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tilgan.

“Shuningdek, elchi talabalar almashinuvi dasturi bo‘yicha yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan  takliflarini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Hindiston yoshlarining O‘zbekistondagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qishga qiziqishi tobora ortib bormoqda”, deyiladi xabarda. 

Bundan tashqari, mamlakatlarning xalq tabobatini rivojlantirishga bo‘lgan davlat darajasidagi e’tiborda o‘xshashlik mavjudligi aytilib, ushbu sohadagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston vaktsina

Baholaganlar

66

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing