Hindiston shimolida jazirama issiq tufayli kamida 34 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
17 iyun 2023
6436Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida so‘nggi ikki kun ichida mintaqadagi haddan tashqari issiq ob-havo tufayli kamida 34 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfax” xabar berdi.
“Ularning barchasi turli kasalliklardan aziyat chekkan va jazirama issiqdan ahvoli yomonlashgan”, deydi Balliya tumani bosh shifokori Jayant Kumar.
Ma’lum qilinishicha, marhumlarning barchasi 60 yoshdan oshgan. O‘z navbatida, mahalliy shifokorlar ushbu yoshdagi odamlarga kunduzi uyda qolishni maslahat bergan.
Hindiston meteorologiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, Ballia tumanida maksimal harorat Selsiy bo‘yicha 42,2 daraja, ya’ni me’yordan 4,7 darajaga yuqori bo‘lgan.
Issiq to‘lqin Uttar-Pradesh shtati bo‘ylab elektr ta’minotida uzilishlarga olib kelgan, buning oqibatida suv quvurlari va konditsionerlar ishlamay qolgan.
LiveBarchasi