Hindiston Pokiston bilan chegarada harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Olam

image

Hindiston Qurolli kuchlari 12 mart kuni Pokiston bilan chegaradosh g‘arbiy Rajastan shtatida quruqlikdagi qo‘shinlar, havo kuchlari va dengiz floti ishtirokida keng ko‘lamli kompleks harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda “The Times of India” gazetasi yozmoqda.

Mashqlar Hindistonda ishlab chiqarilgan qurollarni sinovdan o‘tkazishga qaratilgan. Hind kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan 60 ga yaqin qurollar, jumladan, “BrahMos”  tez uchuvchi qanotli raketalar, “Akash” zenit-raketa komplekslari, “Svati” artilleriya razvedka stansiyalari, “Vajra” o‘ziyurar gaubitsalari, “Pinaka” qurilmalari va boshqa raketa tizimlari namoyish etiladi.

Ushbu keng qamrovli mashg‘ulotlarda Hindiston armiyasi, Milliy ofatlarga qarshi kurash kuchlarining 2-bataloni (NDRF), G‘arbiy Bengal politsiyasi, G‘arbiy Bengal yong‘in va favqulodda vaziyatlar departamenti va shtat ma’muriyatining turli bo‘linmalaridan boshqa muhim manfaatdor tomonlar ishtirok etadi. Qo‘shma mashqlar Hindiston armiyasi va uning hamkorlarining mamlakatni potensial yadroviy, biologik va kimyoviy tahdidlaridan himoya qilish, favqulodda vaziyatlarga javob berish mexanizmlarining imkoniyatlari va tayyorgarligini oshirish majburiyatini ko‘rsatadi.

Unda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi va Mudofaa vaziri Rajnat Singx "Bharat Shakti" quruqlik va havo mashqlarini kuzatishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning yanvar oyida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif hindistonlik mavqedoshi Narendra Modini munozarali masalalar, jumladan, Kashmir mintaqasi bo‘yicha muzokaralar olib borishga chaqirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qurolli kuchlar chegara Hindiston Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing