Hindiston Xitoy bilan chegaraga qiruvchi samolyotlarini yubordi

Olam

image

Xitoy harbiy xizmatchilari bilan to‘qnashuvlardan so‘ng, Hindiston mudofaa tizimini kuchaytirish uchun Sharqiy Ladakxga Apache vertolyotlari va qiruvchi samolyotlarni joylashtirilmoqda. Bu haqda bugun, 20 iyun kuni “The Times of India” xabar berdi.

"Ladakxning sharqida Hellfire havo-yer raketalari bilan jihozlangan Apache vertolyotlari qayta joylashtirildi. Aviabazalarga Su-30 MKI, MiG-29 va "Yaguar" qiruvchi samolyotlari olib kelindi. Harbiy texnikani tashish uchun S-17 Globemaster, S-130J Super Hercules va An-32 og‘ir transport samolyotlari ishlatiladi”, deyiladi xabarda.

Bengal ko‘rfazi suvlarida Hind dengiz floti harbiy kemalarni guruhlashni kuchaytirdi. "Ushbu harakatlar Pekin uchun Dehli Ladakxdagi haqiqiy nazorat chizig‘idagi harbiy mojaroni kuchaytirishga tayyorligidan yaqqol dalolatdir", deb ta’kidlaydi “The Times of India”.

Ushbu mojarolarga to‘xtalar ekan Hindiston Bosh vazir Narendra Modi "Hindiston tinchlik va do‘stlikni xohlaydi, ammo suverenitetni qo‘llab-quvvatlash asosiy narsa", dedi.

"Qurolli kuchlarning barcha zarur choralarni ko‘rish uchun qo‘llari bo‘shatilgan", deya ta’kidladi Hindiston bosh vaziri mamlakatning turli siyosiy partiyalari rahbarlari bilan bo‘lgan videokonferensiya paytida.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 15-16 iyunga o‘tar kechasi Ladakx ittifoq hududidagi Galvan daryosi hududida hind va xitoy harbiylari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Hind armiyasi manbalariga ko‘ra, hech qanday o‘qotar qurol ishlatilmagan - tayoq va toshlardan foydalanilgan. 

Bu to‘qnashuvlarda kamida 20 hind askari halok bo‘ldi, 76 kishi yaralandi. Hindiston armiyasidagi manbalar, shuningdek, taxminan 45 xitoy askari o‘ldirilgan va yaralanganini aytdi. May oyi boshlarida 250 ga yaqin xitoy va hind askari ishtirok etgan to‘qnashuvlardan so‘ng, Ladakxdagi vaziyat yomonlashdi. Ikkala tomondan ham 100 dan ortiq kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Hindiston

Baholaganlar

288

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing