Hindiston guruch eksportini taqiqladi
Olam
−
24 iyul 2023
4796Hindiston mamlakatda don mahsulotlari narxining keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida oq guruch eksportini taqiqladi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Aytilishicha, Hindistonda oq guruch yetishtirish mamlakatdagi hosil kamligi tufayli sezilarli darajada kamaygan. O‘tgan yil davomida ichki bozorda boshoqli don mahsulotlari narxi 11 foizga oshgan.
Iste’molchi ishlari vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, oq guruch mamlakat jami guruch eksportining to‘rtdan bir qismini tashkil qiladi. Mutaxassislarning fikricha, Hindiston hukumatining bu qadami butun dunyoda oziq-ovqat narxining oshishiga olib kelishi mumkin.
Hargreaves Lansdaun sarmoya tahlili va tadqiqotlari rahbari Emma Uoll Hindiston hukumatining choralari global oziq-ovqat narxlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblaydi.
Ma’lumot uchun, Hindiston dunyodagi eng yirik guruch eksportchisi bo‘lib, dunyo ta’minotining 40 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi. Bundan tashqari, guruch Osiyo va Afrika davlatlaridan ham eksport qilinadi. O‘tgan yili Hindiston hukumati tashqi savdoni cheklash uchun 20 foiz eksport bojini joriy qilgan. Mamlakat hukumati bug‘doy va shakar yetkazib berishni ham cheklagan.
LiveBarchasi