Hindiston elchisi O‘zbekistonni tark etyapti
Jamiyat
−
26 mart 2024
8677Bugun, 26 mart kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Hindistonning favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxatni qabul qildi. Bu haqda TIV rahbari o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
"Biz elchi janoblarining faoliyati davomida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida strategik sheriklikni boyitish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz", deb yozadi Saidov.
Uchrashuvda elchining ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etilgan.
Ma’lumot uchun, Manish Prabxat Hindiston diplomatik missiyasini 2020 yilning oktyabr oyidan beri boshqarib keladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston TIV rahbari Saudiya va qo‘shni davlatlar elchilarini qabul qilgandi.
LiveBarchasi