Hindiston COVID-19 holati bo‘yicha dunyo rekordini o‘rnatdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

O‘tgan kun davomida Hindistonda 314 ming 835 ta yangi koronavirus holati qayd etildi, bu butun dunyoda pandemiya davrida kunlik kasallanishning eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bu haqda "Reuters" xabar bergan.  

Hisobotda aytilishicha, mamlakat shimoli va g‘arbidagi shifoxonalarda, jumladan poytaxt Nyu-Dehlida ham koronavirus bilan kasallanganlar uchun kislorod va koykalar yetishmayapti. 

Koronavirus infeksiyasining kunlik aniqlangan yangi holatlari bo‘yicha avvalgi dunyo rekordi shu yilning yanvar oyida AQSHda qayd etilgan. O‘shanda AQSHda 297 430 ta yangi holat aniqlangandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Hindiston COVID-19 bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi, pandemiya davrida mamlakatda 15,9 milliondan ortiq yuqtirish holatlari aniqlangan, ulardan 184 mingdan ortig‘i o‘limga olib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston

Baholaganlar

347

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing