Hindiston BRICS sammitida yovvoyi mushuklar mavzusini ko‘tardi

Olam

image

Hindiston BRICS davlatlarini ushbu mamlakatlarda yashovchi yovvoyi mushuklarni himoya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi. Bu haqda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Yoxannesburgda bo‘lib o‘tayotgan BRICS sammitida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

“Yovvoyi mushuklarning har xil turlari barcha BRICS mamlakatlari tabiatida yashaydi. Va biz ularni himoya qilish uchun birgalikda harakat qilish kerak deb hisoblaymiz”, deydi Hindiston hukumati rahbari.

So‘nggi yillarda Hindiston taxminan 70 yil oldin yo‘q qilingan gepardlarni Hindistonga qaytarish uchun faol harakat qilmoqda. Hindistonda Namibiya va Janubiy Afrikadan kelgan gepardlar yashaydi.

Ma’lumot o‘rnida, BRICS tarkibiga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika kiradi. BRICS sammiti 22 avgustdan boshlandi va 24 avgustgacha davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston BRICS mushuklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing