Hindiston BRICS kengayishiga qarshi chiqadi – “Bloomberg”
Olam
−
03 avgust 2023 7287 2 daqiqa
Hindiston BRICS tashkilotining yangi mamlakatlarni qabul qilinishiga imkon qadar qarshi chiqadi. Mamlakat guruhning kengayishidan Xitoy o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishidan qo‘rqmoqda. Bu haqda “Bloomberg” nashri yozdi.
Manbaga ko‘ra, Hindiston va Braziliya Xitoyning BRICS’ni tezda kengaytirish chaqirig‘iga qarshi. Davlatlar 22-24 avgust kunlari Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadigan sammitda ehtimoliy kengayishni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Aytilishicha, Hindiston va Braziliya boshqa mamlakatlardan ko‘ra Xitoyga ko‘proq foyda keltirishi mumkin bo‘lgan ko‘p tomonlama munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishga imzo chekishni xohlamaydi. Ayniqsa, Hindiston guruhning kengayishini iloji boricha uzoqroqqa kechiktirishga harakat qilishi mumkin. Shuningdek, nashrda Xitoy va Hindiston qandaydir qarama-qarshilikda ekani, har bir davlat o‘zi a’zo bo‘lgan bloklarda yetakchi bo‘lishni xohlashi ta’kidlanadi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham BRICS’ni kengaytirish mavzusi “kun tartibida dolzarb” ekanini, blok a’zolari o‘rtasida uning kengayishi bo‘yicha nyuanslar borligini, bu yaqin orada muhokama qilinishini aytgan.
Janubiy Afrikaning BRICS’dagi maxsus vakili Anil Suklalning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 30 ga yaqin davlat, jumladan, Jazoir, Bangladesh, Misr va Efiopiya BRICS’ga a’zo bo‘lishga qiziqish bildirmoqda, ulardan ba’zilari rasmiy arizalar topshirgan. Hindistonning “Business Standard” gazetasi manbalarga tayanib xabar berishicha, Yoxannesburg sammitida BRICS’ga besh davlat: Argentina, Misr, Indoneziya, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni qabul qilinadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025