Hindiston birinchi kosmik mashqlarni o‘tkazdi
Olam
−
14 noyabr
482Hindiston ilk bor “Antariksha Abhyas – 2024” deb nomlangan kosmik mashqlarini o‘tkazdi. Bu haqda respublika Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Bildirilishicha, mashqlar mamlakat Qurolli kuchlarining koinotda jangovar harakatlarni amalga oshirishga tayyorligini oshirishga qaratilgan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, uch kunlik mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad – “kosmik aktivlar va xizmatlarni chuqurroq tushunish va manfaatdor tomonlarning kosmik segmentlarga bog‘liqligi haqida tushunchaga ega bo‘lish”, shuningdek, “kosmik xizmatlardan voz kechish yoki operatsiyalar paytida ularning ishlashida uzilishlar yuzaga keladigan” zaifliklarni aniqlash.
“Antariksha Abhyas – 2024” (hind tilidan “Yer ustidagi osmondagi mashq” deb tarjima qilingan)da Hindiston mudofaa kosmik agentligi va uning bo‘linmalari vakillari, shuningdek, Hindiston havo kuchlari, quruqlikdagi kuchlari va dengiz flotining harbiy xizmatchilari ishtirok etdi. Mashg‘ulotlar doirasida eng yangi kosmik texnologiyalar, shuningdek, Hindiston kosmik dasturlari bo‘yicha munozaralar o‘tkazildi.
Hindiston mudofaa shtabi boshlig‘i general Anil Chauxanning so‘zlariga ko‘ra, “bir paytlar oxirgi chegara hisoblangan kosmos hozir Hindistonning eng muhim mudofaa va xavfsizlikni ta’minlovchi omili”.
“Kosmosni tadqiq qilishda boy merosi va ortib borayotgan harbiy salohiyati bilan Hindiston kosmik imkoniyatlardan kelib chiqadigan muammolarni hal qilish uchun yaxshi pozitsiyaga ega”, deb ta’kidladi u.
Chauxan kosmos tobora tirband, raqobatbardosh va tijorat maydoniga aylanib borayotganini tan oldi, bu esa u yerda innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy tizimlarni ishlab chiqish orqali Hindistonning milliy manfaatlarini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
LiveBarchasi