Hindiston AQSH, Rossiya va Xitoydan keyin qudratli qurolga ega bo‘ldi

Olam

image

Hindiston Yer orbitasiga yaqin joylashgan kosmik apparatni muvaffaqiyatli urib tushirib, sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurolga ega to‘rtinchi davlatga aylandi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Narendra Modi aholiga yo‘llagan murojaatida aytib o‘tdi.

“Hindiston AQSH, Rossiya, Xitoy kabi davlatlardan keyin, kosmik qurolga ega qudratli davlatlar qatoriga kirdi. Bizning sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurolimiz Yer yaqinidagi past orbitada apparatni urib tushirdi”, dedi Modi.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, 300 kilometr balandlidagi sun’iy yo‘ldoshni yo‘q qilish uchun  3 daqiqadan kamroq vaqt ketgan. Raketa Hindiston Kosmik tadqiqotlar va ishlanmalar tashkiloti (mamlakat Mudofaa vazirligi tarkibiga kiradi) tomonidan yaratilgan.

Modi sun’iy yo‘ldoshga qarshi raketaning sinovdan o‘tkazilishi biror bir davlatga qarshi qaratilmagani hamda bu amaldagi xalqaro huquq normalariga zid emasligini ta’kidlab o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston sun'iy yo'ldosh raketa

Baholaganlar

125

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing