Hindiston hukumati “Dok-1 Maks” dorisi bo‘yicha ish ochdi
Jamiyat
−
29 dekabr 2022
16129Hindiston hukumati “Dok-1 Maks” dorisini ishlab chiqargan Marion Biotech kompaniyasiga qarshi ish ochdi. Ayni vaqtda surishtiruvlar boshlangan.
Surishtiruv Uttar-Pradesh shtatidagi narkotiklarni litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan olib borilyapti.
Ular O‘zbekiston hukumatidan ham vafot etgan bolalar haqida hisobot so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda o‘tkir respirator kasalliklarga chalingan 21 nafar bolaning 18 nafarida Dok-1 Maks siropini ichish oqibatida o‘lim holati aniqlangan.Holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan “Quramax medikal” MCHJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.
28 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatida ham ushbu dorini iste’mol qilib, vafot etgan bemor aniqlangan.
LiveBarchasi