Hindiston Hind daryosining Pokistonga oqimini to‘sib qo‘ydi (video)

Olam

image

Hindiston Hind daryosining Pokiston tomonga oqimini butunlay to‘sdi, ya’ni to‘g‘onlar va kanallar orqali suv oqimini tartibga soluvchi barcha to‘rt shlyuzni yopdi. Bu haqda ANI News xabar berdi.

Pokiston Hindistonning Hind daryosi oqimini to‘xtatishi yoki yo‘nalishini o‘zgartirishga urinishlarini urush harakati sifatida baholashi haqida rasman ogohlantirganiga qaramay mazkur daryo oqimi to‘liq to‘sib qo‘yildi.

Bu 1960 yilda imzolangan Hind daryosi suv resurslari bo‘yicha bitimdan buyon birinchi marta kuzatilmoqda. Mazkur shartnoma siyosiy kelishmovchiliklarga qaramasdan, tomonlarni suv resurslarini birgalikda bo‘lishishga majbur qilardi.

Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi vaziyatning keskinlashuvi

Eslatib o‘tamiz, 22 aprel kuni Kashmir mintaqasining Hindiston hududidagi Paxalgam shahri yaqinidagi so‘qmoq bo‘ylab harakatlanayotgan sayyohlarga terrorchilar hujum qilgan edi. Oqibatda 26 nafar hindistonlik va 1 nafar Nepal fuqarosi halok bo‘ldi.

Shundan so‘ng Hindiston Pokistonga nisbatan qator choralar ko‘rilishini e’lon qildi. Xususan, quruqlikdagi yagona ochiq chegara punkiti Attari yopilishini va Hind daryosining suvi to‘silishini bildirildi.

Bunga javoban Pokiston Hindiston uchun havo hududini yopib, Hind daryosi suvining to‘silishi urush e’lon qilish sifatida baholashini ma’lum qildi. Bu orada ikki davlat fuqarolarini SAARC vizasidan ozod qilish tizimi to‘xtatildi va ularga tez fursatda mamlakatlarni tark etish buyurildi.

Bugun, 25 aprelga o‘tar kechasi esa Hindiston va Pokiston harbiylari Jammu va Kashmirda joylashgan nazorat chizig‘i bo‘ylab bir-biriga qarata o‘t ochdi. Hozircha har ikki tomon yo‘qotishlar haqida rasmiy ma’lumot bermagan. Halok bo‘lganlar yoki yaralanganlar bor-yo‘qligi noma’lum. Shunga qaramay, Dehli va Islomobod bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganlikda ayblamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Pokiston Kashmir Hind daryosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing