Himoyachidan voz kechish jarayoni majburiy tartibda videoga olinadi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonun loyihasida keltirib o‘tilgan. 

Qonun loyihasiga muvofiq, 52-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ish yuritilayotgan davrda istalgan vaqtda himoyachidan voz kechishga haqlidir. Bunday voz kechishga faqat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining tashabbusi bilan va himoyachining ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan advokat taklif etish orqali ta’minlanadigan real imkoniyatlar mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi, bunda advokat o‘z himoyasi ostidagi shaxs bilan xoli uchrashganidan keyin himoyadan voz kechilganligini tasdiqlaydi. Bu haqda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek advokat, surishtiruvchi yoki tergovchi imzolaydigan bayonnoma tuziladi yoxud sud majlisi bayonnomasiga yozib qo‘yiladi. Himoyachidan voz kechish jarayoni majburiy tartibda videoyozuv orqali qayd etiladi, bu haqda bayonnomaga yozib qo‘yiladi. 

Videoyozuv materiallari bayonnomaga ilova qilinadi. Bunda himoyachining himoya ostidagi shaxs bilan xoli uchrashishi videoyozuv orqali qayd etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bundan tashqari, 91-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

Quyidagi protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart:

1) o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish;

2) tintuv;

3) ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish;

4) tergov eksperimenti;

5) ushlab turish;

6) himoyachidan voz kechish;

7) shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish.


Maqola muallifi

Teglar

qonun loyihasi majburiy tartib

Baholaganlar

46

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing