Hilola Umarova 1000 dollardan ziyod maosh olayotgan o‘qituvchilar sonini ochiqladi (video)
Jamiyat
−
29 avgust
4233Lavozimiga tayinlanganiga 1,5 yildan oshgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kecha, 28 avgust kuni ilk marta OAV va jamoatchilik vakillari bilan matbuot anjumani o‘tkazdi. Anjumanda vazir jurnalistlarning o‘qituvchilar oyligi borasida berilgan savoliga javob berdi.
U o‘qituvchilar oyligi vazirlik uchun juda muhimligini va bu bo‘yicha hozirda Moliya vazirligi bilan hamkorlik qilinayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, maoshlar ko‘tarilishi to‘g‘risida Prezident topshirig‘i bo‘lganini va hozirda alohida ish olib borilayotganini ham qayd etdi.
Bundan tashqari, vazir ikki yildan beri faoliyat yuritayotgan Vazir jamg‘armasi tizimi haqida ham to‘xtaldi. Unga ko‘ra, agar ustozlar bu tizim imtihonidan muvaffiqatli o‘tsa, har oy qo‘shimcha 5 million so‘m mablag‘ oladi. Jamg‘arma tizimida ustama oluvchi ustozlar soniga chegara qo‘yilmagan va hozirda 6 mingdan ziyod ustozlar 1000 dollardan ziyod maosh olmoqda.
Ma’lumot uchun, Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi vazirlik tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarga har oylik ustama to‘lash va xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan ilg‘or xodimlarga bir martalik pul mukofotini berishni nazarda tutadi.
LiveBarchasi