Hindiston va Xitoy harbiylari to‘qnashuvida uch kishi o‘ldirildi

Olam

image

Hindiston armiyasining bir ofitseri va ikki askari mamlakat shimolidagi Ladakx viloyatida Xitoy harbiylari bilan to‘qnashuvda halok bo‘ldi. Bu haqda ANI hind harbiylarining bayonotiga tayanib, ANI xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Galvan vodiysida "qurbonlarga olib kelgan shiddatli to‘qnashuv" bo‘lgan.

Hozirda har ikki tomonning yuqori martabali harbiylari vaziyatni tahlil etish uchun yig‘ilishgan.

O‘tgan haftaning boshida Hindiston va Xitoy Ladakx chegarasidan o‘zaro ishonch belgisi sifatida qo‘shinlarning bir qismini olib ketgan edi. Harbiylar, og‘ir qurollar va zirhli transport vositalari bilan birga chegaradan 1-2 km uzoqlikka olib ketilgandi.

May oyi boshlarida chegara punktlaridan birida 250 ga yaqin xitoy va hind askarlari ishtirokida mushtlashuv sodir bo‘lgan edi. Shundan so‘ng, Ittifoq hududidagi Ladakx chegara hududlaridagi vaziyat keskinlashdi. O‘shanda ikkala tomonning 100 dan ortiq askari jarohatlangandi. Hindistonning ta’kidlashicha, Xitoy askarlari Ladakx chegaradosh hududlariga bostirib kirgan, Xitoy esa amaldagi nazorat chizig‘ini buzganligi haqidagi da’volarni rad etib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Hindiston

Baholaganlar

384

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing