Hibsxonada eski hammom, eski tosmi?

Jamiyat

image

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan tergov hibsxonasida mahbuslar uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan IIVga xulosa kiritdi. Bu haqda Ombudsman xabar berdi. 

Bildirilishicha, 2024 yilning 26 yanvar kuni ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili va Ombudsman huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan Nukus shahrida joylashgan 2-son Tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirilgan. Unda bino gigiyena-sanitariya talablariga javob bermasligi, ta’mirtalab ekanligi aniqlangan. 

Shundan so‘ng, yuvinish xonalari tuzatilgan, sun’iy shamollatish tizimi (ventilyatsiya) yangilangan, yuvinish xonasining sanitariya-gigiyena holati ham tibbiyot bo‘limi xodimlari tomonidan nazoratga olingan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ombudsman Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 1-son Tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirib, ayrim kameralarda sanitariya-gigiyena holati talab darajasida emasligi, saqlanayotgan shaxslarga sayr uchun yetarli vaqt berilmayotgani hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ayrim e’tirozlarni o‘rgangandi.


Maqola muallifi

Teglar

IIV Hibsxona ombudsman hammom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing