Henderson va Sterlingga Britaniya imperiyasining ordeni topshirildi

Sport

image
0:00
0:00
download

Angliya terma jamoasi futbolchilari Rahim Sterling (“Manchester Siti”) va Jordan Henderson (“Liverpul”) Buyuk Britaniya qirolichasining rasmiy tug‘ilgan kuni(12 iyun) arafasida Britaniya imperiyasining kavaler ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Sterling irqchilikka qarshi kurashdagi chiqishlari, Xenderson esa 2020 yil aprel oyida, koronavirusning birinchi to‘lqini paytida shifokorlarga yordam berish fondini tashkil qilgani uchun ushbu mukofotga loyiq ko‘rilgan.

Buyuk Britaniya imperiyasining kavaler ordeni yuqori darajali mukofot emas. U Britaniya mukofotlari tizimidagi eng kichigi hisoblanadi. Futbolchilar orasida ushbu mukofotni so‘nggi marta “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford o‘zining faol xayriya ishlari uchun qo‘lga kiritgan edi.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing