Hegset dunyodagi hozirgi vaziyatni 1939 yil bilan qiyosladi
Olam
−
08 noyabr 5615 1 daqiqa
AQSH Mudofaa vaziri Pit Hegset hozirgi xalqaro vaziyatni Ikkinchi jahon urushi arafasidagi 1939 yil yoki Sovet Ittifoqi bilan qarama-qarshilik keskinlashgan 1981 yil bilan taqqosladi. Bu haqda u Vashingtondagi Fort-Makneyr Harbiy-dengiz kollejidagi nutqida so‘z ochdi.
“Bu – 1939 yil lahzasi. Balki, 1981 yil lahzasi. Xavflar kuchaymoqda. Dushmanlar saf tortmoqda. Siz buni his qilyapsiz. Men ham his qilyapman”, deydi Hegset.
Vazirning aytishicha, AQSH urush boshlash niyatida emas, aksincha undan qochishga harakat qilmoqda. Ammo buning uchun hozirning o‘zida tayyorgarlik kuchaytirilishi kerak. So‘nggi yillarda dunyo Uchinchi jahon urushi ehtimoli haqida turli siyosiy yetakchilar tomonidan ogohlantirishlar yangragan.
Xususan, 2022 yilda Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko global qarama-qarshilik xavfi haqida gapirgan. 2025 yilda esa AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina mojarosi “agar hal bo‘lmasa, jahon urushiga aylanib ketishi mumkin”ligini aytgan. Biroq oradan bir necha oy o‘tib, u “mojaro global urushga olib bormaydi”, deya o‘z fikrini yumshatgan.
Joriy yilning iyun oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin dunyoda mojarolar potensiali oshib borayotganini qayd etgan. Uning fikricha, vaziyat faqat Ukraina bilan cheklanib qolmay, yaqin Sharqdagi ziddiyatlar tufayli ham keskinlashyapdi.
Mohichehra Qadamova
Live
Barchasi