Hech qanday bahona yo‘q, kuchliroq bo‘lib qaytamiz – Mahmud Murodov
Sport
−
29 avgust 2021
13865Bugun, 29 avgust kuni Mahmud Murodov UFC’dagi ilk mag‘lubiyatidan so‘ng, Instagram sahifasida izoh qoldirdi.
“G‘alaba va mag‘lubiyat Yaratgandan. Xech qanday bahona yo‘q, raqib bugun yaxshiroq harakat qildi va g‘alaba qozondi. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Kuchliroq bo‘lib qaytamiz”, deya yozgan Mahmud Murodov.
Eslatib o‘tamiz, o‘rta vazn toifasi reytingi uchun o‘tkazilgan jangning ikkinchi raund ikkinchi daqiqasi o‘tib borayotganda Murodov bo‘g‘ish uslubiga tushib qoldi va bahsni davom ettira olmadi. Ushbu vaziyatga qadar o‘zbekistonlik sportchi ochkolar hisobiga ko‘ra oldinda borayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Mahmud Murodov so‘nggi bor 2016 yilning 12 dekabr kuni David Ramiresga mag‘lub bo‘lgan va shu kungacha 17 ta jangdan iborat g‘alabali seriya qayd etayotgandi.
LiveBarchasi