Haj ziyoratchilarining birinchi guruhi Toshkentga qaytdi
Jamiyat
−
15 iyul 2022
14842Bortida ilk 245 nafar ziyoratchi bilan Jiddadan uchgan “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasining samolyoti kecha, 14 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:50 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ziyoratchilar poytaxt aeroportining uchib kelish zalida kutib olingan va maxsus avtobuslarda “Novza” jome masjidiga yetkazilgan. O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham ziyoratchilarning yaqinlariga terminal va aeroport oldi hududlarida tirbandliklarni oldini olish maqsadida aeroportda emas, balki “Novza” jome masjidi oldida kutib olishni tavsiya qilgan.
Ma’lumot uchun, hojilarni O‘zbekistonga qaytarish uchun 14-31 iyul kunlari Jiddadan Toshkent, Namangan, Qarshi, Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukusga jami 45 ta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi