Hayvonot dunyosiga 49 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgan baliqchi ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida hayvonot dunyosiga 49 million so‘mdan ortiq zarar yetkazgan baliqchilar ushlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi post-patrul xizmati hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan birgalikda joriy yilning 24 oktyabr kuni nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan.

Tadbir davomida 1994 yil Angren shahrida tug‘ilgan fuqaro U.D. tomonidan shaharning Gulbog‘ MFY hududidan oqib o‘tuvchi Ohangaron daryosidan noqonuniy ravishda leskali to‘r yordamida 656 dona qorabaliq (marinka) ovlayotgan holati aniqlangan. Ushbu holat bo‘yicha hayvonot dunyosiga 49 million so‘mdan ortiq  zarar yetkazilgani aniqlangan. Bu borada to‘plangan hujjatlarga huquqiy baho berish uchun Toshkent viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

“Shu bilan birga noqonuniy baliq ovidagi avtotransport vositasi shahardagi jarima maydonchasiga vaqtincha joylashtirildi hamda daliliy ashyo sifatida olingan baliqlar mahalla hududidagi oilalarga tarqatildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida noqonuniy tarzda baliq ovlab, tabiatga 41 million so‘m miqdorida zarar yetkazganlar qo‘lga tushgandi. O‘rta Chirchiq tumani O‘rtabo‘z mahallasida joylashgan Toshkent dengizi hududidagi reyd davomida S.Ch., I.N. va N.J. tomonidan suv omborida leskali to‘rlar bilan noqonuniy ravishda baliq ovlanayotgani aniqlangan.  O‘rganish davomida huquqbuzarlarning yonidan jami 116 dona, 42 kg bo‘lgan oq sila, tovon baliq, zog‘ora baliq hamda oq qayroq baliqlari topilgan. Tabiatga  41 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Hayvonot dunyosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar