Hayvonot bog‘ida ayiq ishchini o‘ldirgani videosi e’lon qilindi
3-sahifa
−
07 yanvar 2023 28475 1 daqiqa
Avvalroq, joriy yilning 3 yanvar kuni Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumanida joylashgan hayvonot bog‘i ishchisi ayiqqa ovqat berish maqsadida uning qafasiga kirgan vaqtda unga yirtqich tashlangani va bo‘yin qismidan tishlashi oqibatida og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu dahshatli holat tasvirlangan video tasvirlari e’lon qilindi.
Tasvirlardan ko‘rish mumkinki, ayiqqa ovqat berish uchun kirgan xodim qulflanmagan qafasdan chiqib kelgan ayiqni ko‘rib sarosimaga tushadi va uni aylanib o‘tgan holda eshikdan chiqib ketishga harakat qiladi. Biroq uning keskin harakatlaridan ta’sirlangan ayiq unga hujum qiladi. Boshqa xodimlar voqea joyiga ayiq hujumidan uch daqiqa o‘tib yetib kelgan va urinishlardan so‘ng ayiqni og‘ir jarohat olgan xodimdan uzoqlashtirishga muvaffaq bo‘lgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025