Hayvonot bog‘i ishchisi ayiq tishlashi oqibatida vafot etdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar Bog‘ishamol dahasidagi hayvonot bog‘ida 3 yanvar kuni ayiq ishchiga hujum qilib, uni o‘ldirgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 3 yanvar kuni soat 16:00 larda Xo‘jaobod tumani “Mustaqillikning 27 yilligi” MFY hududida joylashgan “Usmonobod Fayzi” MCHJga qarashli Andijon hayvonot bog‘i ishchisi ayiqqa ovqat berish maqsadida uning qafasiga kirgan vaqtida yirtqich unga tashlangan va bo‘yin qismidan tishlab olgan. Oqibatda og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilib, hodisa joyi tuman IIB tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan. 

Fuqaroning olgan tan jarohatlarini og‘irlik darajasini va uning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing