Hayfsan olgan Gurlan hokimi yuqoriroq lavozimga ko‘tarildi
Jamiyat
−
12 iyun 2022
17108Murodjon Azamatovich Achilov Xorazm viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Murodjon Achilov tayinlovga qadar 2020 yilning aprelidan beri Gurlan tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
U o‘tgan yilning noyabr oyida ish faoliyati davomida o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi hamda o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshib, jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun viloyat hokimidan hayfsan olgandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar